Sir emaski, muhtaram Prezidentimizning o‘tgan yilning aprel oyida Ko‘kdalaga qilgan tarixiy tashriflari, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha bergan taklif va tavsiyalari natijasida bugungi kunda tuman haqiqiy bunyodkorlik maydoniga aylandi.
Bugun ham 1-iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" bayrami munosabati bilan tumanda 150-o‘rinli 6-sonli DMTT foydalanishga topshirildi.
Tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Murotjon Azimov yil yakuniga qadar Ko‘kdalada yana ko‘plab aholi xonadonlari va ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirilishini taʼkidladi.
Maʼlumot uchun, 2017-yilda viloyatda 326 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud bo‘lib, 3-7 yoshli bolalarni qamrov darajasi atigi 13 foizni tashkil etgan. Bugungi kunga kelib, bog‘chalarimiz soni 3000 dan oshdi. Qamrov darajasi 60 foizga yetdi. Bugunni o‘zida 35 ta bog‘cha foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, yil yakuniga qadar tumanda qo‘shimcha yana 2 ta davlat, 50 ta oilaviy bog‘chalar foydalanishga topshiriladi.