Kuni kecha Koson tumani markazidagi Madaniyat saroyida aholi muammolarini o‘rganish va ularga yechim topish maqsadida respublika ishchi guruhi, viloyat sektor va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida vohamizning Koson, Ko‘kdala va Muborak tumanlari hamda Qarshi shahri aholisi sayyor qabul o‘tkazildi.

Shuningdek, qabul davomida kosonlik ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan va ijtimoiy daftarlarda turuvchi fuqarolarga o‘zini-o‘zi band qilishi hamda daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun turli ish qurollari, tikuv mashinalari topshirildi. Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironlik aravachasi va boshqa jihozlar mutasaddi tashkilotlar tomonidan topshirildi.

Birgina uyi ham “remont” qilib berilgan, 2 nafar qizining “repititor” puli va 1 nafar talaba qizining “kontrakt” puli to‘lab berilgan Koson tumani “Alatun” mahallasidan kelgan ayol viloyat hokimi Murotjon Azimov bilan uchrashgan holda prezidentga rahmat aytib, o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Qabullar boshqa tumanlarda ham davom etadi

16-11-2022 | Ijtimoiy | 458
Foto galereya