Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Qashqadaryo viloyati bo‘ylab ham "O‘zbekiston Respublikasi DXX kubogi" musobaqasining tuman bosqichlari o‘tkazilib, mazkur bosqichlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar munosib ravishda taqdirlanmoqda.
 
Xususan, Kitobda o‘tkazilgan musobaqaning tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi katta gala konsert dasturlariga hamoxang ravishda keng omma ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, tadbirda tumandagi maktab bitiruvchilari ham ishtirok etib, ularning ota-onalari ham farzandlari quvonchiga sherik bo‘lishdi. Ko‘tarinki ruhda bo‘lgan taqdirlash marosimi mushakbozlik bilan yakunlandi.
 
Ma’lumot uchun, musobaqaning tuman bosqichida "Beshterak" mahallasi 1-o‘rinni, "Hoji" va "Ulug‘bek" mahalla fuqarolar yig‘ini jamoalari esa mos ravishda 2-, va 3-o‘rinlarni egallagan bo‘lsa shu tariqa "Beshterak"  jamoasi viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
27-05-2022 |
Foto galereya