Karantin qoidalarini qay darajada yumshatilishi bo‘yicha qashqadaryo.uz telegram kanalida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomani 73 mingdan ortiq kishi kuzatdi. So‘rovda 24 mingga yaqin fuqaro o‘z munosabatini bildirishgan.

Jumladan, so‘rovda qatnashganlarning 2898 nafar (13 foiz) ishtirokchi umumiy ovqatlanish, barcha turdagi bozor va savdo do‘konlari ochilishini;

1514 nafar (7 foizi) ishtirokchi mini stadionlar, fitnes klublar, taʼlim markazlari, davlat va nodavlat MTMlarga ruxsat berilishini;

1444 nafar (6 foizi) ishtirokchi avtobus damas va avtomashinalar harakatiga ham to‘liq ruxsat berilishini

1832 nafar (8 foizi) ishtirokchi faqat umumiy ovqatlanish, bozor va savdo do‘konlari faoliyati hamda avtomashinalar harakatiga;

10 395 nafar (45 foizi) ishtirokchi barcha sohalar bosqichma-bocqich yumshatilishi, bunda faqat karantin qoidalariga to‘liq amal qilinishini yoqlab munosabat bildirgan.

So‘rovda karantin qoidalari yumshatilishiga qarshilar 4558 nafar (20 foiz) ishtirokchini tashkil etgan.

Qashqadaryo viloyati hokimligi

axborot xizmati

12-08-2020 |
Foto galereya