Kitob tumanining "Tupchoq" mahalla fuqarolar yig‘inida 200 o‘ringa mo‘ljallangan "Kichkintoy bojxonachilar" bolalar bog‘chasi qurilib, foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Murotjon Azimov muassasaga maxsus avtomashina kalitini ham topshirdi.

Prezidentimiz tashabbuslari bilan “Voxa mash’ali” MCHJ tomonidan qurib bitkazilgan mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, qo‘shimcha ravishda xorijiy tillar to‘garaklari, suzish havzalari, mental arifmetika, xoreografiya va rasm hamda mohir qo‘llar, boks va badiiy gimnastika bo‘yicha ham to‘garaklar tashkil etilgan.

25 nafarga yaqin ish o‘rni yaratilgan zamonaviy bu bog‘cha viloyatimiz soha tashkilotlari hisobida olib qaralganda 7-bog‘cha bo‘lib faoliyat boshladi va bu orqali mazkur 7 ta maktabgacha ta’lim dargohlari 1058 nafar bolajonlarni o‘z bag‘riga qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, ochilish marosimida xatmi Quron o‘qilib, jonliq so‘yildi. Keksalarimiz duolarida yurtimiz, dunyoimiz tinchligi, farzandlarimiz kamolini so‘rab duoga qo‘l ochishdi.

12-05-2022 |
Foto galereya