Prezidentimiz tashabbuslari bilan bugungi kunda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib turmush sharoiti yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan shu kabi tadbir bugun viloyat hokimligida bo‘lib o‘tdi.
Mehnat faxriylarini katta tantana va bayram dasturxoni bilan kutib olgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Murodjon Azimov davlatimiz rahbari tomonlaridan olib borilayotgan odilona siyosat zamirida ham keksalar va xotin-qizlarni e’zozlash, yoshlarga imkoniyatlar yaratish hamda tinchligimiz abadiyligini ta’minlashdan iborat ekanligi ta’kidlandi.
So‘z olgan faxriylar o‘zlariga ko‘rsatilayotgan izzat, ehtirom uchun Yurtboshimizga, hukumatimizga minnatdorchilik izhor etdilar. Bayram dasturi davomida tinchlikni, vatanni, muhabbatni madh etuvchi ko‘y-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.
07-12-2021 |
Foto galereya