Joriy yilning yoz mavsumida vohadagi Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘ tumanlari va Shahrisabz shahrida joylashgan 18 ta oromgohlarda 21 ming nafardan ortiq bolalarni dam olishi kutilmoqda. 
 
Jumladan, mahalliy byudjet hisobidan 2000 nafar “Ayollar daftari”, “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar hamda 200 nafar Qoraqalpog‘iston Respublikasida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalar farzandlarini viloyatimiz oromgohlarida bepul dam olishlari rejalashtirilgan.
 
Shuningdek, 111 nafar oilaviy bolalar uylarining bolalarini bepul yo‘llanmalar bilan ta’minlash va mavsum boshida 5000 nafarga yaqin bolalarning dam olishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugun bolajonlar oromgohlar tomon kuzatib qo‘yildi.
07-06-2022 |
Foto galereya