Bugun Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari о‘rtasida turizm sohasida ikki tomonlama aloqalar va hamkorlikni о‘rnatish maqsadida memorandumga imzo chekishdi.

Memorandumda qayd etilishicha, tomonlar viloyatlararo sayohatlarni tashkil etish, sayohatchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, "О‘zbekiston bо‘ylab sayohat qil" dasturi doirasidagi ishlarni rivojlantirishda qator hamkorlik ishlarini olib boradi.

Ma’lumot о‘rnida, viloyat hokimi mart oyida Ozarbayjonning "CTC-Holding" kompaniyasi bilan  70 million dollarlik loyiha amalga oshirilishi bо‘yicha о‘zaro hamkorlik tо‘g‘risidagi memorandum imzolagan edi.

12-12-2020 |
Foto galereya