2021-yil 24-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida tadbirkorlar bilan ilk marotaba o‘tkazilgan “ochiq muloqot”da belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha tadbirkorlardan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan mulklari zararini qoplash maqsadida viloyat hokimining 2021-yil 26-avgustdagi 471-4-0-Q/21-son qaroriga asosan 64 nafar fuqaroga 10 752,0 mln. so‘m hamda 2021-yil 16-sentabrdagi 497-4-0-Q/21-son qarori bilan 860 mln. so‘m mablag‘lar to‘lab berilgan.
 
Shuningdek, tuman (shahar)larda yana 54 nafar fuqarolarga jami 9 725,4 mln. so‘m mablag‘lar to‘lab berish bo‘yicha sud qarori chiqarilgan bo‘lib, unga ko‘ra Qarshi shahridagi 20 nafar sub’ektga jami qarzdorlik 3 927,6 mln. so‘mning 25 foizi 981 mln. so‘m viloyat hokimining 2021-yil 11-dekabrdagi 680-4-0-Q21-son qarori bilan qoplab berilgan.
 
Hozirgi kunda ham tadbirkorlarning davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan mulklari zararini qoplash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
05-01-2022 |
Foto galereya