Davlat rahbarining 2020-yil 8-oktabrdagi farmoyishiga muvofiq, qatag‘on qurbonlarining xotirasini abadiylashtirish va merosini o‘rganish bo‘yicha ko‘p ishlar amalga oshirilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda qatag‘on qurbonlari muzeyi tashkil etildi. 
 
Jumladan, Qashqadaryodagi muzey Odina masjidida joylashtirilgan. Odina masjidi 1386-yilda Sohibqiron Amir Temur tomonidan bunyod etilgan bo‘lib, 1868-yili Chor Rossiyasi bosqini davrida masjidning ayvon qismi to‘pga tutilib, vayron qilingan. Mustabid tuzum davrida dastlab omborxonaga, 1938-yildan qamoqxonaga aylantirilgan. Qarshidagi qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi 11 ta bo‘limdan iborat. Ularda Turkiston o‘lkasida olib borilgan mustamlakachilik siyosati va qatag‘onlarni aks ettiruvchi noyob tarixiy fotosuratlar, xaritalar, ashyolar va boshqa manbalar aks ettirilgan.
 
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, muzey uchun ajratilgan 500 mln. so‘m ta’mirlash uchun ajratilgan bo‘lib, isitish, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari hamda u yerda joylashgan tarixiy buyumlarni uzoq muddatda saqlash uchun xizmat qiladigan tizimlarni o‘rnatish maqsadida sarf qilinadi.
06-01-2022 |
Foto galereya