Chiroqchi tumanida tuman hokimligi, aholi bandligiga  kо‘maklashish markazi hamda qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan bо‘sh ish о‘rinlari yarmarkasida hududdagi 49 tashkilot  287 ta bо‘sh ish о‘rni bilan ishtirok etdi.

- Tibbiyot kollejini tamomlaganman, - deydi Humo mahallasida yashovchi О‘g‘iloy Razzoqova. - Biroq shu vaqtgacha soham bо‘yicha о‘zimga munosib ish topolmay kelayotgandim. Bugungi yarmarkada tuman tibbiyot birlashmasi taqdim etgan bо‘sh ish о‘rinlari bilan tanishib chiqdim. Markaziy poliklinikada terapiya hamshirasi uchun ish о‘rni bor ekan. Bu menga ma’qul bо‘ldi. Hujjatlarimni topshirib, ishga yо‘llanma oldim.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga ijtimoiy muhofaza, tadbirkorlikka yо‘naltirilgan imtiyozli kreditlar tо‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.

Jahongir BOYMURODOV

Sobir NARZIYEV olgan surat.

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

25-05-2019 |
Foto galereya