Qarshi shahrida 15 may - Butunjahon oila kuni oldidan О‘zbekiston Milliy gvardiyasi tarkibida faoliyat olib borayotgan harbiy xizmatchilarning oila-a’zolari о‘rtasida "Ibratli oila" kо‘rik-tanlovining hududiy bosqichi о‘tkazildi.

Unda О‘zbekiston Milliy gvardiyasi Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyat bо‘linmalaridagi xizmati davomida hurmat-e’tibor qozongan, mahalladagi qо‘ni-qо‘shnilar bilan yaqin munosabat о‘rnatib, farzand tarbiyasida boshqalarga ibrat bо‘layotgan harbiylar oilalari uchta shartda - tanishtiruv, erkin mavzuda sahna kо‘rinishi hamda intellektual salohiyatni sinovdan о‘tkazish bо‘yicha bellashishdi.

Ishtirokchi oilalarning har bir chiqishini hakamlar hay’ati tanlov nizomida belgilangan mezonlar asosida baholab bordi. Yakunda viloyatimiz nomidan qatnashgan Nazarovlar oilaviy jamoasi g‘oliblikni qо‘lga kiritib, tanlovning navbatdagi bosqichiga yо‘l oldi.

Tanlov doirasida konsert dasturi va kо‘rgazmali kitob yarmarkasi ham tashkil etildi.

S.ALLAYOROVA

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

 

14-05-2019 |
Foto galereya