30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan vohamizning barcha tumanlarida yoshlar oyligi doirasida, yoshlar bandligini taʼminlash va ularga munosib turmush shart-sharoitlarini yaratishga qaratilgan turli tadbirlar oʼtkazilib borilmoqda.
Jumladan, bugun ham Shahrisabz tumani "Hojimaydon" MFY yoshlariga bayram tuhfasi sifatida Yoshlar mehnat guzari foydalanishga topshirildi.
Mazkur mehnat guzarida sartaroshxona, tikuvchilik va tunukasozlik ustaxonalari faoliyati yoʼlga qoʼyilgan boʼlib, 15 nafar mahalliy yoshlar ish bilan taʼminlandi.
24-06-2021 |
Foto galereya