Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ruziyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot о‘tkazdi.

Uchrashuvda turli soha va yо‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari, yangi biznes loyiha va rejalar ustida izlanayotgan tashabbuskor yosh tadbirkorlar ishtirok etdi.

Ta’kidlandiki, biznesni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish, tadbirkorlarni qо‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini tezkor hal etish yо‘lidagi say-harakatlar Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida yanada kuchaytiriladi.

Viloyat hokimligida tashkil etilgan ochiq muloqotda bir qator ishbilarmonlarning qishloq xо‘jaligi, sanoat, xizmat kо‘rsatish yо‘nalishlari bо‘yicha yangi biznes loyihalari taqdimoti о‘tkazildi.

Muloqotda tadbirkorlar о‘z faoliyati bilan bog‘liq muammo va taklif-mulohazalarini ham о‘rtaga tashladi. Tadbirkorlar murojaati birma-bir tinglanib, yer maydoni va bino-inshoot ajratish masalalarini hal etish yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar topshirildi.

                                                                      Suratlarni Murod Komilov olgan.

                                                                        Viloyat hokimligi axborot xizmati

24-05-2019 |
Foto galereya