G‘uzor tumani Gulshan mahallasida yashovchi Hamza Hakimovning rо‘zg‘ori tо‘kin, farovon va buning boisi shu hudud ahliga yaxshi ma’lum. Mazkur xonadon vakillari yaxshi yashash uchun imkoniyatni avvalo ichkaridan qidirishgan, tasarrufidagi tomorqadan oqilona foydalanishgan. Har mavsumda oila byudjetiga kelayotgan 10-15 million sо‘m daromad ham shu say-harakat ortidan.

- Gulchilik bilan shug‘ullanib ham boyish mumkinmi, deyishsa, albatta, deb javob bergan bо‘lardim, - deydi uy bekasi  Venera Hakimova. - Har yili mavsumda 500 donadan ziyod gul о‘stirib sotamiz. Ular orasida bahosi 40-50 ming sо‘mga yetadigani ham bor. Xarajatni yо‘q, deb hisoblasa ham bо‘ladi. Faqat mehnat bor. Gullarni urug‘idan, yana qalamcha qilib yetishtiramiz. Bu о‘simliklar asosan tuvaklarda, xonadon sharoitida parvarish qilishga mо‘ljallangan. Xaridor ham kо‘p. Sotilmay qolmaydi. Gullar turi 20 xildan oshadi, navi esa bundan ham kо‘p.

Darhaqiqat, xonadon faoliyati bilan tanishish asnosida guvoh bо‘ldikki, hovlida gul qо‘yilmagan joy deyarli yо‘q. Oila a’zolarining asosiy ish joyi - 2 sotix maydonni egallagan issiqxona. Mehnatni faqat kattalar qilmaydi, ularga farzandlar ham yaxshigina yordamchi bо‘lib qolgan. Yoshlarda ham ishbilarmonlik kо‘nikmasi shakllanayapti, suyagi foydali ishda qotayapti. Bugun mahallada bu oiladan о‘rnak oladigan kishilar ham talaygina.

Mirzohid JО‘RAYEV

Surat muallifi Sobir NARZIYEV.

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

05-05-2019 |
Foto galereya