Qadimiy va tarixiy Shahrisabz shahrida Yoshlar ishlari agentligi viloyati boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda ta’lim mauassasalari hamkorligida «Eng namunali maktab sardorlari kengashi» tanlovining viloyat bosqichi tantanali va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovga viloyatning barcha tuman va shaharlaridan kelgan eng faol maktab o‘quvchilar "Bu bizning faoliyat", "Bizning imkoniyatlarimiz" va "Intellektual ring" shartlari orqali tengdoshlari bilan do‘stona bellashgan holda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.
Eng namunali maktab sardorlarini aniqlab bergan mazkur tanlov yakuniy natijalarga ko‘ra Gʻuzor tumanidagi 14-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, faxrli ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni mos ravishda Shahrisabz shahri hamda Yakkabog‘ tuman jamoalari egallashdi.
27-04-2022 |
Foto galereya