О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "Tashabbus-2019" kо‘rik-tanlovining Qarshi shahar bosqichi bо‘lib о‘tdi.

An’anaviy ravishda о‘tkazib kelinayotgan ushbu tanlov kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qо‘llab-quvvatlash, milliy hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirishda muhim omil bо‘layotir. Tadbirkorlar, fermerler va hunarmandlar orasida ushbu tanlovda ishtirok etishga bо‘lgan qiziqish esa yildan-yilga oshib bormoqda.

Yana bir jihati, avvallari kо‘rik-tanlovda "Yilning eng yaxshi tadbirkori", "Yilning eng yaxshi hunarmandi" va "Yilning eng yaxshi fermeri" yо‘nalishlari bо‘yicha g‘oliblar aniqlangan bо‘lsa, о‘tgan yildan boshlab nominatsiyalar soni beshtaga oshirildi. Endilikda "Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori", "Xizmat kо‘rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori", "Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori", "Yilning eng yaxshi fermeri", "Yilning eng yaxshi hunarmandi" nominatsiyalari bо‘yicha g‘oliblar aniqlanmoqda. Bu esa xizmat kо‘rsatish sohasida faoliyat kо‘rsatayotgan hamda yosh tadbirkorlar uchun ham imkoniyatlar eshigini ochgani sir emas.

Tanlovning Qarshi shahar bosqichida tadbirkor va hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat va iste’mol tovarlari, hunarmandlik mahsulotlari kо‘rgazmasi tashkil etildi. Unda taqdim etilgan turli buyumlar bejirimligi, sifati va eng asosiysi, о‘zimizda ishlab chiqarilgani bilan  e’tiborni tortdi.

- Qurilish bozori uchun yangi mahsulot - penoblok ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘ydik, - deydi "Qashqadaryo mega metall" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Saibjon Xalilov. - Bu mahsulot mustahkamligi va qulayligi bilan oddiy beton g‘ishtlardan ajralib turadi. Faoliyatimizni boshlaganimizga kо‘p vaqt о‘tmagan bо‘lsa-da, mahsulotimiz ichki bozorda о‘z о‘rnini topib bormoqda.

Yakuniy natijalarga kо‘ra, sanoat sohasidagi "Yilning eng yaxshi tadbirkori" deb "Biss electronics system" MCHJ qо‘shma korxonasi rahbari Shuhrat Muratov topildi. Ushbu korxonada zamonaviy televizorlar ishlab chiqariladi. Shuningdek, bu yо‘nalishda "Murodov Murod Ramazanovich" xususiy korxonasi ikkinchi, "Radiant silk" О‘zbekiston-Xitoy qо‘shma korxonasi esa uchinchi о‘rinni qо‘lga kiritdi.

Xizmat kо‘rsatish sohasida faoliyat kо‘rsatuvchi tadbirkorlar о‘rtasida birinchi о‘rinni "Nigina teks servis" mas’uliyati cheklangan jamiyati egalladi.

- 2014 yilda faoliyat boshlaganmiz, - deydi mazkur jamiyat rahbari Shahlo Xolnazarova. - Bu yillar ichida  faoliyatimiz bir necha barobar kengaydi. Ayni paytda yostiq-jild, choyshablar, barcha turdagi mebel jihozlari, turli pishiriqlar tayyorlayapmiz. Mijozlarimiz asosan tadbirkorlik subyektlari, korxona va tashkilotlar hisoblanadi. Buyumlarni shartnoma asosida ular aytgan dizayn va о‘lchamlarda yetkazib berish imkoniyatiga egamiz.

Shuningdek, xizmat kо‘rsatish yо‘nalishida 2-о‘rinni "Gramm group tekstil" oilaviy korxonasi rahbari Madina Jо‘rayeva, 3-о‘rinni esa "Premium kapital group" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Dilshod Muftillayev egalladi.

"Yilning eng yaxshi hunarmandi" nominatsiyasida 1-о‘rin yakka tartibdagi tadbirkor Suhrob Yarkulovga nasib etgan bо‘lsa, 2-о‘ringa "Xurshida tezkor invest" korxonasi rahbari Nafisa Aslanova, 3-о‘ringa esa yakka tartibdagi tadbirkor Sagdiana Mahmudova munosib kо‘rildi.

"Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori" deb "Zafar G‘olib ekspress" korxonasi rahbari G‘olib Pirnazarov topildi. Ikkinchi о‘rin yakka tartibdagi tadbirkor Muhayyo Saydullayevaga, uchinchi о‘rin "Qashqadaryo mega metall" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Saibjon Xalilovga nasib etdi.

Bundan tashqari, 11 ta qо‘shimcha nominatsiya bо‘yicha eng yaxshi ishtirokchilar aniqlandi.

G‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. 1-о‘rin sohiblari endilikda tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etadi.

Eslatib о‘tamiz, viloyat hokimining 2019 yil 18 apreldagi farmoyishiga kо‘ra, tanlovning shahar (tuman) bosqichlari 14 mayga qadar davom etadi. 7 iyun kuni esa viloyat bosqichi bо‘lib о‘tishi rejalashtirilgan.

Jahongir BOYMURODOV

Suratlarda: tadbirdan lavhalar.

Sobir NARZIYEV olgan suratlar.

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

26-04-2019 |
Foto galereya