Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasi Oila va aholini ijtimoy himoya qilish vaziriligi binosida delegasiyamiz aʼzolari vazir o‘rinbosari Karimov Timur, Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vazirligining Ufa shahridagi birinchi kotibi Lebedinsev Oleg, vazirlikning migratsiya masalalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Vishnevskaya Nina, Boshqirdiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi o‘rinbosari Maxmutov Naillar bilan muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar davomida yurtimizdan kelayotgan fuqarolarimizni patent olish va tibbiy komissiyadan o‘tish narxlarini tushirish hamda migrantlarga rus tilini bilish darajasi sertifikatini berish uchun viloyatda Ufa davlat Universiteti markazini ochish bo‘yicha takliflar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi Baxtiyor Jo‘rayev va Boshqirdiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi o‘rinbosari Nail Maxmutov o‘rtasida ham muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra, Boshqirdiston hududida shartnoma asosida faoliyat olib borayotgan vatandoshlarimiz oilaviy kelishgan bo‘lsa, ularni turmush o‘rtog‘i va farzandlariga ham bu yerdagi sihatgoh hamda oromgohlarga bepul yo‘llammalarni berishni tizimi yo‘lga qo‘yish masalalari kelishib olindi.

24-09-2022 |
Foto galereya