Qashqadaryo viloyati hokimligida bir guruh nuroniylar va mehnat faxriylariga “Mehnat faxriysi” kо‘krak nishonini topshirish marosimi о‘tkazildi. Tadbirda faxriylarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi vasiylik kengashi qarori bilan iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda uzoq yillar halol va samarali mehnat qilgan pensiya yoshidagi fuqarolar, shuningdek, mustahkam oila, el-yurtga munosib farzandlar tarbiyalab bergan onalardan bir guruhiga I, II va III darajali “Mehnat faxriysi” kо‘krak nishoni topshirildi.

Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Ruziyev, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bо‘limi raisi Y.Inoyatov mazkur nishon va bir martalik pul mukofotini о‘z egalariga topshirar ekan, keksa avlod vakillari davlatimizning doimiy e’tibori va g‘amxо‘rligidan bahramandligini ta’kidladi.

– Hayotini el-yurt xizmatiga bag‘ishlagan, halol mehnati bilan jamiyatimiz taraqqiyotiga hissa qо‘shgan kishilar hamisha hurmat-ehtiromga sazovor, qashqadaryolik 61 nafar ana shunday jonkuyar faxriylar bugun taqdirlanmoqda – deydi “Nuroniy” jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati kengashi raisi Y.Inoyatov. – Shu bilan birga, ular mehnatining e’tirofi, ayniqsa, yosh avlodni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat, kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash, ma’naviy islohotlar samaradorligida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

«Mehnat faxriysi» nishoni bilan taqdirlangan shaxslar yashaydigan xonadonlar va uy-joylar eshiklarida «Bu yerda I, II, III darajali «Mehnat faxriysi» nishoni bilan taqdirlangan fuqaro (F.I.O.) istiqomat qiladi» yozuvi bо‘lgan belgisi о‘rnatilishi ham belgilangan..

                                                                  

                                                                  Suratlarni  Murod  Komilov olgan.

                                                                 Viloyat hokimligi axborot xizmati

14-05-2019 |
Foto galereya