Qarshi shahrida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Usmon bobo Donayev bu yil 99 yoshni qarshilaydi. 9 may - Xotira va qadrlash kuni arafasida uning xonadoni doimgidek mehmonlar bilan  gavjum.

Bu safar ham bir guruh harbiylar, yoshlar, turli tashkilot vakillari faxriy holidan xabar olishdi, bayram bilan tabriklashdi. Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik hukm surayotgan shunday dorilomon kunlar shukuhidan, yuksak e’tibordan otaxon mamnun.

1941 yilda Koson tumanidan urushga ketgan U.Donayev 1943 yil Ukraina frontlarida yarador bо‘lib uyga qaytdi. 7 farzandni voyaga yetkazib, 150 nafardan ortiq nevarayu chevarasining mehri og‘ushida umrguzaronlik qilayotgan Usmon bobo urushdan keyin kо‘p yillar qishloq xо‘jaligi sohasida mas’ul lavozimlarda ishlab, el-yurt hurmatiga sazovor bо‘ldi.

Sobir NARZIYEV

Muallif olgan surat.

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

09-05-2019 |
Foto galereya