O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-yanvar kuni "Urgut erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-2-son qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra,
- Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hududidan jami 37,4 ga bo‘sh turgan yaylov va lalmi yerlar uchastkalarini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
- Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 37,4 ga yer uchastkalarini ajratish hisobiga “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududida kengaytiriladi.
- 2023-2024-yillarda Kitob tumani hududida kengaytirilishi belgilangan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasi bilan taʼminlanishi ko‘zda tutilgan.