О‘tganlar xotirasini yod etish, keksalarni e’zozlash bizda azaliy qadriyat bо‘lib, turmush tarzimizning ajralmas bо‘lagi, mazmun-mohiyatiga singib ketgan. Ahamiyatli jihati, bunday e’tibor va g‘amxо‘rlik mentalitetimizga hamohang davlatimiz ijtimoiy himoya siyosatida ham о‘z aksini topgan.

Buni Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga kо‘rsatilayotgan hurmat va ehtirom, ularning ijtimoiy himoyasini tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar misolida ham kо‘rish mumkin.

- Urush davri mashaqqatlari, oilalardagi yо‘qotishlar, qashshoqlik, ochlik azoblarini biz kо‘rdik, - deydi Chiroqchi tumani Hayitkul qishlog‘ilik urush qatnashchisi Eshmirza bobo Ochilov. - U paytlar bugungidek farovon, inson e’zozda yashaydigan kunlar kelishini tasavvur ham qilolmasdik. Xudoga shukur, bugun biz, keksalarga kо‘rsatilayotgan g‘amxо‘rlik, ehtiromdan kо‘nglim tog‘dek yuksaladi. Nevara-chevaralarim qatorida о‘quvchilar, turli tashkilotlar vakillari tez-tez yо‘qlab keladi, xursand bо‘laman. Shifokorlarni aytmaysizmi, doimo holimizdan xabardor.

Ta’kidlash joiz, Prezidentimizning 2019 yil 23 apreldagi "Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik kо‘rish va uni о‘tkazish chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi qarorida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga hurmat-ehtirom kо‘rsatish, ijtimoiy himoyalash bilan bog‘liq kо‘plab tadbirlar, shu jumladan, ularning har biriga tibbiy va ijtimoiy xizmat kо‘rsatish, ularni parvarish qilish maqsadida tibbiy bilimlarga ega xodimlarni (shartnoma asosida) biriktirgan holda doimiy ravishda patronaj xizmatini tashkil etish belgilangan. Zero tinchlik uchun kurashgan insonlarni ulug‘lash bizning insoniy burchimizdir.

J.BOYMURODOV

Suratda: patronaj hamshiralari

Eshmirza bobodan tez-tez xabar olib turishadi.

Sobir NARZIYEV olgan surat.

"qashqadaryogz.uz"  ma’lumotlari asosida

07-05-2019 |
Foto galereya