15-17 may kunlari Termiz shahridagi “Alpomish” sport majmuasida dzyudo bо‘yicha erkaklar va ayollar о‘rtasida О‘zbekiston kubogi musobaqalari bо‘lib о‘tdi.

Mamlakatimizning eng kuchli  dzyudochilarini jamlagan ushbu turnirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan jami 400 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi. Jumladan, erkaklar 60, 66, 73, 81, 90, 100 kilogrammgacha va 100 kilogrammdan yuqori vazn toifalarida kuch sinashgan bо‘lsa, ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78 kilogramm  hamda 78 kilogrammdan yuqori vazn toifalari bо‘yicha g‘oliblik uchun tatamiga chiqishdi.

E’tiborli tomoni, musobaqada viloyatimiz terma jamoasi a’zolari ham bir nechta medallarga sazovor bо‘ldi.

Vakillarimizdan 81 kilogrammgacha bо‘lgan vazn toifasida Arslon Tojiyev hamda 100 kilogrammgacha bо‘lgan vazn toifasida Bahrom Rajabov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan о‘rin egallashdi.

Shuningdek, 81 kilogrammgacha vazn toifasida Nodirjon Xurramov, 90 kilogrammgacha vazn toifasida Ma’ruf Xidirov ikkinchi, 100 kilogrammdan yuqori vazn toifasida Muhriddin Bо‘tayev esa uchinchi о‘rinni qо‘lga kiritgan.

Jahongir BOYMURODOV

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

21-05-2019 |
Foto galereya