Xususan, “UzShoes” korxonasi belaruslik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 6 million dollar evaziga tashkil etilgan va korxonaga Germaniya, Italiya hamda Avstriyadan uskuna va jihozlar keltirib o‘rnatildi. Natijada esa 350 ta ish o‘rinlari yaratilgan.
Korxona yiliga 500 ming juft poyabzal ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, hozirda erkaklar, ayollar va bolalar uchun 10 turdagi charm poyabzallar tayyorlanmoqda.
Prezident poyabzallarni tayyorlash jarayonini ko‘zdan kechirdi va shu yerda ishlayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.
Shuningdek, yurtboshimiz Qarshi shahrida sport ta’limi bo‘yicha taqdimot bilan tanishib, sportni rivojlantirish vaziri yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha 1-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishdagi vazifalar ijrosi to‘g‘risida hisobot berdi.
Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatidagi tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib ketdi.
23-04-2022 |
Foto galereya