16-avgust kuni ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyati hokim yordamchilariga beriladigan kompensasiya pullarini to‘lab berilishi kechikayotganligi to‘g‘risida tarqalgan xabarga munosabat.

Murojaatda Respublika bo‘yicha hokim yordamchilariga iyul oyi uchun kompensasiya to‘lab berilishi yana kechikmoqda. Qarorga asosan har oyning 5-sanasida berilishi kerak - deyilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-sonli qaroriga muvofiq hokim yordamchilarining avvalgi ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqining farqi bo‘yicha kompensasiya to‘lovlari har oyda to‘lab berilmoqda.

Jumladan, viloyatda 2022-yil iyul oyi uchun 452 mln 635 ming so‘m hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘rnatilgan tartibda, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan joriy yilning 19-avgust sanasida kompensasiya to‘lovlari hokim yordamchilarining bank kartalariga o‘tkazib berilgan.

17-08-2022 |
Foto galereya