Dehqonobod tumanida tadbirkor Shavkat Sharipov tashabbusi va homiyligida 500 ta yangi ish o‘rni yaratadigan tikuvchilik fabrikasi barpo etiladi. 
 
Shu bisdan, tumanda bo‘lgan viloyat rahbari Murotjon Azimov mazkur korxona qurilishi mo‘ljallangan hududda bo‘lib, korxona qurilishiga rasman “start berdi”.
 
 
Tadbirkorning aytishicha, 1 gektar maydonda barpo etilishi reja qilingan korxonaning ishga tushishi 50-60 milliard so‘mga tushadi. 
 
Shuningdek, korxona ishga tushgach, barcha ishchilarning ishga kelib ketishi uchun transport ajratiladi. Ishchilarga bepul ovqat beriladi. Fabrika qurilishi uch oy davom etib, Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
 
 
Qurilish boshlanishi avvalida jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilindi.
09-06-2022 |
Foto galereya