O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash Qashqadaryoda boshlab yuborildi.
 
Qarshi shahrida o‘tkazilgan tadbirda 14 nafar yetim bolalarga zamonaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylarni ramziy kalitlari viloyat rahbarlari tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
 
 
- Uyli bo‘lish baxtini ko‘proq sizlar his etasizlar, - dedi Zoyir Mirzayev. – Prezidentimizning joriy yildagi qarorlari ko‘plab chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga cheksiz baxt ulashmoqda. Sizlarni yangi uy-joy bilan muborakbod etaman. Kelajakda Vatan ravnaqi va rivojiga munosib hissa qo‘shadigan insonlar bo‘lib kamol topishlariga tilak bildirdilar. Yil oxirigacha yana 20 ga yaqin shunday uylarni topshirishni reja qilganmiz. 
 
Jo‘raboyeva Durdona 2003-yil tug‘ilgan. Chin yetim. Turmush o‘rtog‘i bilan Qamashidagi 4-sonli Mehribonlik uyida yashab kelardi. Durdonaning fikrlari bilan qiziqdik:
 
- Shaxsiy uyimiz bo‘lishi haqidagi o‘ylarim yillar davomida azob berib keldi, - deydi u. - Lekin, orzu bepul, o‘z uyimiz bo‘lishini xohlaganmiz. Orzularimizni amalga oshirgan Prezidentimizga rahmat. Otalarcha berilgan bu mehrni faqat Vatanga xizmat bilan qaytaramiz.
 
 
Ma’lumot o‘rnida, uylarning 13 tasini viloyat hokimligi 1 mlrd. 203,5 mln. so‘mga sotib olgan bo‘lsa, 1 ta uy Koson tumani hokimligi tasarrufidagi uydir. Uylarning barchasi yoshlarning o‘zlariga rasmiylashtirilib berildi.
08-10-2021 |
Foto galereya