Shu kunlarda Qashqadaryo viloyatida yurtimiz yoshlari uchun katta festival, yaʼni Shahrisabzdagi “Lochin” oromgohida Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan, shuningdek, qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlaridan kelgan yoshlar ishtirokida Xalqaro "Yoshlar turizmi" qurultoyi ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Kecha Shahrisabz shahrining "Amir Temur" xiyoboni maydonida joylashgan amfiteatrda qurultoyning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ishtirok etib, tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Bundan tashqari, ular tomonidan har bir hududdan kelgan yosh turizm elchilari kengashi yetakchilariga ishonch yorliqlari topshirildi.

Konsert dasturiga ulanib ketgan ochilish marosimida o‘zbek estradasining yorqin yulduzlari, jumladan, Sardor Tairov, Jasmina, Benom guruhi, Shohrux rep va Elyor Meyliboyev kabi sanʼatkorlar hamda taniqli boshlovchilardan Amirxon Umarov, Temur Alixanov va Ruxsoralarning motivatsion chiqishlari yoshlarga ko‘tarinkilik baxsh etdi.

10-08-2022 | Ijtimoiy | 739
Foto galereya