Aholida milliy armiyadan faxrlanish va unga bо‘lgan ishonch hissini oshirish, shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni ta’minlash maqsadida, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari о‘rtasida "Posboniman muqaddas yurtning" mavzusida insho va she’riy asarlar tanlovi о‘tkazildi.

 О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida  Mudofaa vazirligi hamda qator vazirliklar hamkorligidagi tanlov g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bо‘lib о‘tdi.

Quvonarlisi, viloyat bojxona boshqarmasining "Qarshi" temir yо‘l chegara bojxona posti inspektori Dilnoza Arabova tanlovning eng yaxshi insholar yо‘nalishida 2-о‘rinni qо‘lga kiritdi.

- Har kuni erta tongdan turib bojxona xodimining harbiy libosini kiyib, xizmatga yо‘l olganimda, sharafli kasbni tanlaganimdan qalbim cheksiz g‘urur va iftixorga tо‘ladi, - deydi Dilnoza Arabova. - Bojxonachining asosiy vazifasi mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, bojxona chegaralari orqali kontrabanda va noqonuniy tovar moddiy boyliklar kirib kelishining oldini olishdir. Tariximizda Tо‘maris, Uvaysiy, Bibixonim va Nodirabegimdek Vatanga sadoqat bilan xizmat qilgan ayollar kо‘p. Tanlovda shu kabi fikrlarimni qog‘ozga tushirib, yuqori e’tirof olganimdan mamnunman.

Aytish joiz, tanlovning barcha g‘olib va sovrindorlariga esdalik sovg‘alari hamda pul mukofoti topshirildi.

N.XО‘JAYEV.

11-10-2019 |
Foto galereya