Ufa shahrida bo‘lib turgan vohamiz delegatsiyasi Boshqirdiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi rahbari Angelina Aleksandrova bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik rishtalarini mustahkamlash, shu jumladan, savdo-iqtisodiy, tadbirkorlik, turizm va migratsiya sohalarida birgalikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, uchrashuv jarayonida Migratsiya markazi faoliyati bo‘yicha ham muhokamalar olib borildi.

O‘zaro ikki tomonlama muloqotdan so‘ng Angelina Aleksandrovaga milliyligimizni aks ettiruvchi o‘zbekona sovg‘alar taqdim etildi.

24-09-2022 |
Foto galereya