Qashqadaryo viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish Bosh boshqarmasi, "O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi" Qashqadaryo filiali va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda shahar va tumanlarda tadbirkorlik sub’yektlari, jumladan fermer xo‘jaliklarini birja savdolariga keng jalb qilish maqsadida o‘quv-seminar muloqotlari o‘tkazilmoqda.
 
Ana shunday seminar-muloqotlar Shahrisabz shahri, Kasbi, Qarshi, Nishon, Mirishkor, Shahrisabz tumanlarida o‘tkazildi.
 
 
Unda hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari rahbarlari, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari xodimlari ishtirok etdi.
 
Seminar-muloqotlarda Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 17-may kuni tovar-xomashyo birjasida savdolarni va unda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida bildirgan fikrlari haqida to‘xtalib o‘tildi.
 
Mutaxassislar tomonidan birja savdolarida ishtirok etish tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
 
 
Qashqadaryo viloyati Iqtisodiy
taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish
Bosh boshqarmasi
31-05-2022 |
Foto galereya