Qarshi shahridagi "Mustaqillik shoh ko‘chasi" bo‘ylab 1 - iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda turli yoshdagi maktab o‘quvchilari, talaba yoshlar va bolalar faol ishtirok etib, o‘z irodalarini namoyish etishdi.
 
Musobaqa yakuniga ko‘ra o‘g‘il bolalar o‘rtasida: 
 
1-o‘rinni Eshonqulov Jahongir (QarDU);
2-o‘rinni Xidinov Bobur (QarDU);
3-o‘rinni Ismoilov Jamshid (IBO‘SM).
 
Qizlar o‘rtasida:
 
1-o‘rinni Abdumalikova Dilnoza;
2-o‘rinni Dilmurodova Muhayyo;
3-o‘rinni Arslonova Madinalar 
 
qo‘lga kiritib, g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
01-06-2022 |
Foto galereya