Mamlakatimizda yoshlarni madaniyat, san’at va sportga keng jalb etish, ular о‘rtasida axborot texnologiyalaridan tо‘g‘ri foydalanish kо‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, pirovardida har tomonlama yetuk avlodni voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yoshlarning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, xotin-qizlar bandligini ta’minlashda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus muhim dasturilamal bо‘lmoqda. Ayni paytda mazkur 5 ta tashabbus doirasida barcha hududlar, xususan Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida yoshlarni turli fan, san’at va sport tо‘garaklariga jalb etish, aholi, ayniqsa yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotir.

Mazkur 5 ta tashabbus doirasida Nishon tumani “Nuriston” shaharchasida Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri tomonidan “Xazina” spektakli namoyish etildi.

08-05-2019 |
Foto galereya