Bugun 9 may kuni viloyat markazi Qarshi shahrida 9 may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan katta madaniy dasturlar o‘tkazildi.

Tadbirlar Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘ida O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushi yillaridagi hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyishi bilan boshlandi. Bobo-momolarimizni baxtli bolaligini o‘g‘irlagan mashʼum urush va o‘zbek xalqining ko‘rsatgan jasorati ko‘rsatib berilgan namoyishlar, harbiy qurol-yaroq va texnikalar qo‘rgazmasi hamda ekspoziyalarni asosan oila vakillari (ota, ona va bola), talabalar, yoshlar sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilgan holda kuzatdilar.

Prezidentimiz tabrigidan so‘ng viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi rahbarlar urush qatnashchilari va nuroniylar hamda voha ahlini xotira bayrami bilan samimiy ruhda qutladi.

Shundan so‘ng, "Motamsaro ona" haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, viloyat tashkilot va korxonalari, muassasalari rahbarlari, harbiy qismlar komandirlari  va keng jamoatchilik vakillari harbiy orkestr sadolari ostida maydondagi 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Motamsaro ona" haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.

Bu yodgorlikka gul qo‘yish barcha O‘zbekiston onalariga yuksak hurmat-ehtirom ifodasidir. 

Maʼlumot o‘rnida, Ikkinchi jahon urushi boshlanganda O‘zbekistonda 6.5 million aholi bo‘lgan.

1941-1945 yillarda O‘zbekistondan umumiy 1.5 million kishi frontga ketgan.

09-05-2021 |
Foto galereya