Bahor oylarida 10 mln 222 ming dona ko‘chatlar ekish belgilangan bo‘lib, bugungacha 6 mln 772 ming dona (66 foiz) daraxt va buta ko‘chatlari ekildi. Joylarda ekish va kuzda ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash ishlari davom etmoqda. Bu kabi ishlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida bo‘lgani kabi Qarshi shahrida ham jadallik bilan davom etmoqda. Shahar hokimligi 200 ming dona mevali va manzarali ko‘chatlar hamda 1 mln. donaga yaqin terak va tol novdalari olib kelib, mahallalarga bepul etkazib bermoqda.
 
 
 
Bundan tashqari, “Yangi O‘zbekiston” bog‘lari, 37,8 gektar yashil bog‘lar va 22 gektar yashil jamoat parklari, bir turdagi daraxt ko‘chatlar ekilgan 15 ta namunaviy ko‘chalar tashkil etish ko‘zda tutilgan.
29-03-2022 |
Foto galereya