“Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida tashkil etilgan “Inson aziz...” nomli ma’rifiy tadbirda viloyatimizning ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shgan, o‘z umrini el-yurt farovonligiga safarbar etgan, Qashqadaryoda turli yillarda rahbarlik lavozimlarida ishlagan va bugun oramizda bo‘lmasada, avlodlarga ma’nan, ruhan yordam berayotgan qahramonlarimiz yodi ularning izdoshlari, yaqinlari, farzandlari, qadrdonlari ishtirokida yanada qadr topdi.
 
 
Xususan, el dardida fidokorona xizmat qilgan Rahmonqul Qurbonov, Karol Mahmudov, Bekmurod Elboyev va Ro‘zmat Gʻoyibov hamda Cho‘li Begimqulov kabi bobolarimizning hayot yo‘li va mashaqqatli mehnat faoliyatlari yod etildi. Shuningdek, Bekmurod Usmonov. Muhammadi Ro‘ziyev, Xursand Toshev, Komil Amirov kabi suvchilarning mohirligi, tinim bilmay qilgan mehnatlari evaziga qishloq va mahallalarga suv yetib borgani, bog‘lar, tokzoru uzumzorlar barpo etilgani alohida e’tirof etildi.
 
 
 
Tadbir davomida elimiz ardog‘idagi san’atkorlar tomonidan kuylangan, vatanga bo‘lgan muhabbatni madh etuvchi taronalar barchaning qalbiga ko‘tarinkilik bag‘ishlagan holda nuroniy va yoshlarning o‘yin kulgulari bilan davom etdi.
30-03-2022 |
Foto galereya