Xonobod qо‘rg‘onida joylashgan harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni о‘tashga kirishgan 230 nafar oddiy askar tantanali ravishda harbiy qasamyod qabul qildi.

Marosimda harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi faollari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda askarlarning ota-onalari ishtirok etdi.

Sо‘zga chiqqanlar tomonidan ta’kidlanganidek, bugun Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilish har bir о‘g‘lon uchun nafaqat konstitusiyaviy burch, balki yuksak g‘urur va iftixor manbaiga aylandi. Shu bilan bir qatorda, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar, imtiyozlar yoshlarimizning sohaga qiziqishini yanada oshirmoqda.

Egnidagi harbiy libosi yarashib turgan alpqomat yigitlarning ajdodlarimizga munosib voris bо‘lishga, shu muqaddas zaminimizni kо‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga ahd qilganini kо‘rgan ota-onalarning sevinchdan kо‘zlari yoshga tо‘ldi.

Tadbirning badiiy qismidagi kо‘rgazmali chiqishlar, harbiy orkestr ijrosidagi kuy-qо‘shiqlar barchaning kayfiyatini kо‘tardi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarga  ovg‘asi - "Temur tuzuklari" va "О‘zbekiston tarixi" kitoblari tantanali tarzda topshirildi.

  S.ALLAYOROVA

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

26-04-2019 |
Foto galereya