Qarshi shahrida AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Djonatan Xenik va viloyat hokimi Murotjon Azimov rahbarligida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda elchi tomonidan respublikamizda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar eʼtirof etildi. Shuningdek, Qarshi shahridagi “Amerika burchagi” faoliyat ko‘rsatayotganligi, viloyatda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) 10 ga yaqin loyihalari amalga oshirilayotganligi qayd qilindi.

Tomonlar shuningdek, quyidagi yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar:

- taʼlim yo‘nalishida: akademik almashinuvlarni ko‘paytirish, viloyatimizdagi maktablarga AQSHdan til egasi bo‘lgan mutaxassislarni jalb etish, oliygohlarimizni zamonaviy adabiyotlar bilan taʼminlash;

- turizm yo‘nalishida – viloyatdagi madaniy meros obyektlarini saqla sh va restavratsiya qilishda hamkorlik qilish;

- xalqaro aloqalar yo‘nalishida: AQSHning shaharlari bilan viloyatimizning shahar (tumanlari) o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish va boshqa yo‘nalishlar.

Maʼlumot uchun, AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Djonatan Xenik 2022-yil 15-noyabrdan o‘z missiyasini boshlagan. Mazkur tashrif elchining lavozimga tayinlanganidan keyingi viloyatlarga dastlabki tashrifi hisoblanadi.

02-02-2023 |
Foto galereya