Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev aholi murojaatlari bilan ishlashda yangicha tizimni joriy etish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha mutasaddi rahbarlar ishtirokida videoselektor shaklida yig‘ilish o‘tkazdi.

Kun tartibida belgilanganidek, saylov uchastkalarini mazkur jarayonlarga tayyorlash borasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokama qilinib, hududlarning joylashuviga qarab Shahrisabz shahri va Kasbi tumanlarida saylov jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazilishi belgilab olindi.

Shuningdek, aholi murojaatlari va ularni kamaytirish bo‘yicha muammo hamda takliflar o‘rganilgan holda viloyat rahbari tomonidan murojaatlarni ijobiy hal etishda barcha rahbarlarni faol bo‘lishga chaqirdi.

27-07-2021 |
Foto galereya