Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev 25 mart kuni AQSHning Favqulodda va muxtor elchisi Daniyel Rozenblyum bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, fan, taʼlim va madaniyat sohalarida, shuningdek, hududlararo hamkorlik rivojiga ham xizmat qilayotgani alohida taʼkidlandi.

- Toshkent shahridan so‘ng Qarshi shahrida "Amerika burchagi"ni ochilishi ham Prezident Shavkat Mirziyoyev hamda O‘zbekiston hukumati taʼlim tizimida katta islohotlarni amalga oshirish orqali erishmoqchi bo‘lgan jarayonga katta hurmat bilan qarashimni anglatadi, - dedi AQSH elchisi.

Tomonlar ishlab chiqarish, turizmni rivojlantirish va madaniy meros obyektlarini kelajak avlodga saqlab olish masalalarida ham muzokaralar olib bordi.

AQSH elchisi 26 mart kuni Qarshida Markaziy Osiyodagi eng yirik Amerika burchagi ochilishida ishtirok etdi. Ochilish marosimida davomida o‘tkazilgan brifingda Daniyel Rozenblyum quyidagicha fikr bildirdi.

- Qarshi shahrida Amerika burchagining ochilishi nafaqat ikki davlat, balki AQSH va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarni ham mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qarshi shahridagi Amerika burchagi dunyoning 140 dan ortiq mamlakatlarida ochilgan 600 dan ziyod shu kabi markazlar tarmog‘iga qo‘shiladi. Maskanda tanlov asosida saralab olingan mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda Fulbrayt dasturi bo‘yicha O‘zbekistonga kelib, bevosita Qashqadaryoda faoliyat yuritayotgan AQSHlik o‘qituvchilar ham taʼlim beradi. Shuningdek, bu yerda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari va Amerikadan tashrif buyurgan taniqli shaxslar – yozuvchilar, musiqachilar va boshqalar ishtirokida ham turli tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

26-03-2021 |
Foto galereya