Viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi va Bandlik Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda ishsiz fuqarolarni ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida Qarshi shahrida mehnat yarmarkasi o‘tkazilib, unda 865 ta bo‘sh ish o‘rinlariga ega 102 ta korxona, tashkilot va muassasalar ishtirok etdi.
 

Bu orqali 54 nafar fuqarolar doimiy ishga joylashtirilgan bo‘lsa, 27 nafariga tomorqa xo‘jaligi uchun subsidiyalar ajratilib, 15 nafar ishsiz fuqarolarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishlarida imtiyozli kreditlar berildi.
 
 
Shunindek, xotin-qizlardan 10 nafari kasbga o‘qitish yo‘llanmalariga, Qarshi shahar 2-sektor hududida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 10 nafari esa kasb-hunar o‘rgatilganligi haqida sertifikatlarga ega bo‘lishdi hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 3 nafar fuqarolarga o‘zini-o‘zi band qilishlari uchun zarur asbob-uskunalar topshirildi.
25-09-2021 | Ijtimoiy | 152
Foto galereya