Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 iyul kuni aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar asosida viloyat hokimi har kuni aholi bilan uchrashib, uzoq hududlardagi fuqarolar bilan “ZOOM” orqali jonli muloqot qilib, ularning muammolariga quloq tutmoqda.
 
Viloyat hokimi  tomonidan Yakkabog‘ va Kasbi  tumanlarida o‘tkazilgan sayyor qabullar  va  barcha tuman (shahar) larda yashovchi fuqarolari bilan “ZOOM” orqali onlayn o‘tkazilgan qabullarda tushgan murojaatlarga ko‘ra, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi viloyat bo‘limidan muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan va nogironligi bo‘lgan oilalarga Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasi qarori bilan 1 mlrd 158 mln. 300 ming so‘m mablag‘ ajratildi.
31-07-2021 | Ijtimoiy | 155
Foto galereya