Har yili 9-aprel sanasi buyuk sarkarda va davlat arbobi, sohibqiron Amir Temurning tavallud topgan kuni yurtimizda keng nishonlanib, bu kuni juda ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi. Xususan, Qashqadaryo viloyatida ham.
 
Bu yilgi tadbirlar, erta tongdan rahbarlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Shahrisabz shahrining durdonasi bo‘lgan Oqsaroy majmuasi hududida joylashgan "Ko‘kgumbaz" obidasidagi Amir Temurning ustozi Shayx Shamsiddin Kulol hamda Sayidlar maqbarasini ziyorat qilishdan boshlanib, jonliq so‘yildi va o‘tgan ajdodlarimiz ruhiga Qur’on tilovat qilindi.
 
 
 
Shundan so‘ng, sarkardaning 686 yilligi tadbirlari doirasida Amir Temur xiyoboni viloyat sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, keng jamoatchilik, olim va tadqiqotchilar, nuroniylar hamda yoshlar bilan gavjum bo‘lgan holda viloyat hokimi tomonidan nutq so‘zlandi va sohibqiron haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishib, o‘zlarining cheksiz hurmat-ehtiromlarini izhor etishdi.
 
 
Shuningdek, viloyat rahbari Murotjon Azimov Shahrisabz shahridagi "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyiga ham tashrif buyurib, u yerda bo‘lg‘usi vatan posbonlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va dars jarayonlari bilan yaqindan tanishib, o‘z navbatida litseyning o‘quvchi-yoshlar bilan suhbat o‘tkazdi.
 
 
09-04-2022 |
Foto galereya