Joriy yilning 20 iyun kuni Qarshi shahar madaniyat markazida Qashqadaryo viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i S.Sayimov rahbarligida “2019 yil 1- yarim yilligida madaniyat va san’at sohasida erishilgan yutuqlar hamda soha xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishi” mavzusiga bag‘ishlab yig‘ilish bо‘lib о‘tdi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan S.Sayimov о‘z sо‘zida muxtaram Prezidentimiz tomonidan madaniyat va san’at sohasiga keng e’tibor berilayotganligi, ushbu sohani yanada rivojlantirish maqsadida 22 ta Qaror va Farmonlar, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 54 ta qarorlari qabul qilinganligi buning yorqin misoli ekanligini ta’kidlab о‘tdi.
Aynan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabr kuni “О‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida” PQ-4038-son qarorida belgilab berilgan vazifalar hususida alohida tо‘xtalib, madaniyat va san’at sohasi xodimlarining umumxalq bayramlari va tuy xashamlarda yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi yomon illatlarni yoshlarga targ‘ib qilayotganligi jiddiy tanqid qilindi. Bundan keyingi madaniy-ma’rifiy tadbirlar, tо‘y va marosimlarda madaniyat va san’at sohasi xodimlari kiyinish va muomala madaniyatiga alohida e’tibor qaratishni, badiiy yuksak saviyadagi mazmun mohiyati jihatidan yoshlarga ma’naviy ozuqa beraoladigan qо‘shiqlar ijro etish lozimligini alohida ta’kidlab о‘tdilar.
Yig‘ilishda О‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi I.Tо‘rayev sо‘zga chiqib, bugungi kunda maqom va baxshichilik san’atini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi tо‘g‘risida gapirib, san’atkorlarimizning repertuarlari milliy maqom san’ati bilan yanada boyitish davr talabi ekanligi haqida о‘z fikr mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek yig‘ilishda “О‘zbekkonsert” davlat muassasasi viloyat bо‘limi direktori SH.Tо‘rayev ishtirok etib, san’atkorlarga beriladigan litsenziya bu san’atkorlarning repertuarini badiiy yuksak saviyadagi qо‘shiqlar bilan boyitish maqsadida joriy etilganligi va barcha san’atkorlar litsenziya olgan xolda faoliyat kо‘rsatishi, ayniqsa bugungi kun talabidan kelib chiqib barcha san’atkorlar sahna madaniyatiga odob-axloq qoidalariga alohida e’tibor qaratish lozimligi tushuntirildi.
Viloyat hokimligi axborot xizmati