Xabaringiz bor, shu kunlarda О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019 yil 15 fevraldagi "Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik kо‘rish va uni о‘tkazish tо‘g‘risida"gi  qaroriga muvofiq, yurtimizning barcha shahar va tumanlarida fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi о‘tkazilmoqda. Ushbu jarayonda viloyatimizdagi 768 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga munosib nomzodlar saylanishi kо‘zda tutilgan.

12 may holatida 582 ta (75,8 foiz) fuqarolar yig‘inida saylov о‘tkazilib, raislar saylandi. Ularning 506 nafari oliy va 76 nafari о‘rta maxsus ma’lumotli. Ta’kidlash lozim, 400 nafar nomzod mahalla raisligiga birinchi marta saylangan bо‘lsa, 182 nafar amaldagi rais yana 3 yil ushbu vazifada qoladigan bо‘ldi. Saylangan raislarning 19 nafari (3,3 foizi) ayollar ekanini ham qayd etish joiz.

Ma’lumki, saylovlarni tashkil etishga doir qonunda fuqarolar vakillarining soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega bо‘lgan fuqarolar umumiy sonining kamida 12 foizini tashkil etishi belgilangan. Shunga asosan saylov yoshiga tо‘lgan qariyb 2 million 24 ming vohadoshimiz orasidan tashkilotchilik qobiliyatiga ega, hayotiy tajriba va el orasida hurmat-e’tibor qozongan 242 ming 922 kishi saylovlarda vakil sifatida ishtirok etishi taklif etilgan. Shu kungacha о‘tkazilgan saylovlarda 147 ming 349 nafar vakil munosib nomzodga nisbatan xalq fikrini ifoda etdi.

Ma’lumot uchun, Kasbi, Muborak, Dehqonobod tumanlaridagi barcha о‘zini о‘zi boshqarish organlari raisligiga saylovlar yakunlangan bо‘lsa, kuni kecha Qarshi va Shahrisabz shaharlari, G‘uzor, Qamashi, Qarshi, Koson, Kitob, Mirishkor, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz va Yakkabog‘ tumanlaridagi jami 44 ta mahallada yig‘in raislari saylandi. Ushbu muhim jarayon davom etmoqda.

N.XО‘JAYEV

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

14-05-2019 |
Foto galereya