30 ga yaqin xorijiy oliy taʼlim muassasalariga grant asosida o‘qishga kirgan Qarshi shahridagi 44-sonli maktab o‘quvchisi Shuhrat Yuldoshev joriy yilning 13-15 iyun kunlari Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan yoshlar festivalida Prezident sovg‘asi sifatida bosh sovrin - “Qorabayir” zotdor oti bilan taqdirlangan edi.

Shuhrat Yuldoshev bilan viloyat hokimi ham muloqot olib borib, uning rejalari va muammolari bilan yaqindan qiziqdi. Zoyir Mirzayev davlatimiz va ota-onasi yaratib bergan sharoitdan oqilona foydalangani uchun Shuhratni olqishladi.

- O‘qib, izlanib, ham xorijiy tillarni, ham dunyoviy bilimlarni egallaganingiz tahsinga loyiq, - dedi viloyat rahbari. - Siz AQSH, Rossiya, Yevropa davlatlari yoki Malayziyada o‘qishni xohlayman deysizmi, viza va yo‘l xarajatlarini biz qoplab beramiz. Shunda ota-onangizga ham og‘irlik bo‘lmaydi.

19-06-2021 |
Foto galereya