О‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish bо‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi yakunlanishiga 1 kun muddat qoldi, deb xabar beradi Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati.

О‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqini olish uchun imorat joylashgan hududdagi Davlat xizmatlari markazi orqali tuman (shahar) hokimining nomiga ariza beriladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

- murojaat etuvchining pasporti nusxasi;

- murojaat etuvchining oila a’zolari haqida hamda yer uchastkasiga egalik qilgan muddatlari va imorat qurilgan vaqt tо‘g‘risida fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomalari.

Murojaat etuvchidan boshqa ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.

Arizani kо‘rib chiqish uchun eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida bir martalik yig‘im (1 013 650 sо‘m) undiriladi.

 

30-04-2019 |
Foto galereya