О‘zbekiston davlat statitistika qо‘mitasi joriy yilning yanvar-mart oylarida mamlakatdagi о‘lim holatlariga aynan qaysi kasalliklar sabab bо‘lganini ma’lum qildi. 

2019 yilning yanvar-mart oylarida 37,1 mingta о‘lim qayd etilgan bо‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan о‘lim koyeffitsiyenti 4,5 promilleni tashkil etdi, 2018 yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega kamaygan (2018 yilning yanvar-mart oylarida 4,7 promille bо‘lgan).

Ushbu davrda qayd etilgan о‘limlarning 63,8 %i - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,0 %i - о‘simtalardan, 5,2 %i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 5,1 %i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 4,3 %i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan,1,4 %i - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 11,2 %i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Rо‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 1,6 ming nafarni tashkil etib, ularning 52,1 %i - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 20,3 %i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 16,0 %i - tug‘ma anomaliyalardan, 2,1 %i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,1 %i - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,7 %i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan va 6,7 %i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

22-04-2019 |
Foto galereya