Qashqadaryoga yana 39 dona tez yordam mashinalari olib kelindi
Maʼlumki, Prezidentimizning tegishli qaroriga binoan yurtimiz tez tibbiy yordam xizmati uchun yangi va zamonaviy rusumdagi tez tibbiy yordam avtomashinalarini xarid qilish belgilangan edi. Ana shunday avtomashinalardan yana 39 tasi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tez tibbiy yordam shoxobchalari vakillariga tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov so‘zga chiqib, tez tibbiy yordam xizmatiga topshirilayotgan ushbu avtotransport vositalari tizim faoliyatini yanada rivojlantirish, bu orqali aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish...
- Tibbiyot
- 383
- 01.11.2023
Qashqadaryoda “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi boshlandi
Xabaringiz bor, Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda 25-oktabrdan 1-dekabrgacha, “kuzgi daraxt ekish mavsumi” eʼlon qilinib, uning doirasida vohamizda ham 6 mln. 947 ming dona daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan edi. Shu boisdan, bugun Qarshi shahrida viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligida sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, keng jamoatchilik, jurnalist va blogerlar loyiha doirasida ko‘chat ekish ishlarini boshlab berishdi. Maʼlumot uchun, viloyatda jami 10 ta - Qashqadaryo, Qamashi, Qumdaryo,...
- Ijtimoiy
- 938
- 30.10.2023
Viloyatning 9 oylik byudjet ijrosi bajarilishi muhokama qilindi
Viloyat hokimligi majlislar zalida Murotjon Azimov rahbarligida 9 oylik byudjet tushumlari ijrosi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va boshqa bir qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalar tanqidiy muhokama qilindi. Yig‘ilishda viloyat rahbari taʼkidlashicha, oktyabr oyi mol-mulk va yer solig‘ini to‘lash mavsumi hisoblansada, ammo, belgilangan topshiriq ijrosi 27-oktabr holatida 39 mlrd. so‘mga yoki 39 foizga taʼminlanmoqda. Bu jarayonda mahalla faollari va aholining ham masʼuliyatini oshirish kerakligi muhim jarayon ekani taʼkidlandi. Shuningdek, korxona va tashkilotlarda ish...
- Ijtimoiy
- 376
- 28.10.2023
Aholiga munosib turmush sharoitlari yaratish — islohotlarning asosi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan tanishish maqsadida 24-oktabr kuni viloyatimizga keldi. Davlatimiz rahbari butun faoliyati davomida har bir soha bo‘yicha bevosita joylarga chiqib, xalq bilan muloqot qilib, aholi hayotidan kelib chiqib ish yuritadi. Mamlakatimiz hududlariga tashriflardan asosiy maqsad — qishloq aholisining turmush darajasini ko‘tarish, tumanlarni sanoatlashtirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash. Bu jihatlar Qashqadaryo viloyatiga tashrifda ham namoyon....
- Ijtimoiy
- 976
- 24.10.2023
Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar
Hududda tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, ishbilarmonlar huquqlarini himoya qilish, murojaat va masalalarini o‘rganish hamda soha vakillariga yuridik xizmatlar ko‘rsatish maqsadida Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi shahar, tuman bo‘limlarining bir nafardan mutaxassislari hududlardagi Davlat xizmatlari markazlarida faoliyat boshlaganini ma‘lum qilamiz! Marhamat murojaat qiling, Palata safida bo‘ling va shu orqali bir qator imkoniyatlarga ega bo‘ling.
- Ijtimoiy
- 915
- 24.10.2023
O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!
21-oktabr - Òzbek tili bayrami kuni. Xabar berganimizdek, bugun erta tongdan 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar atoqli shoir, O'zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov haykali poyiga gul qo'yish bilan boshlandi. Shundan so'ng viloyat musiqali drama teatrida davom etdi. Folklor-etnografik jamoalar, turli millat vakillari tomonidan xalq og'zaki ijodining namunalari ijro etilib, "Bexato yozamiz" tanlovi ham o'tkazildi. Barcha ishtirokchilarga ona tilimizni ulug'lovchi hikmatlar bitilgan qo'llanmalar tarqatildi...
- Ijtimoiy
- 936
- 21.10.2023
Xorijiy hamkorlik aloqalari yanada rivojlanmoqda (foto)
Sababi bugun Xitoyning Anxoy provinsiyasi gubernatori Van Sinsyan boshchiligidagi delegatsiya viloyatimizga tashrif buyurdi. Dastlab Qarshi temir yo‘l vokzalidan kutib olingan gubernator boshchiligidagi delegatsiya bilan viloyat hokimligida ikki tomonlama muloqotlar o‘tkazilib, muloqot avvalida viloyat hokimi Murotjon Azimov mehmonlarga o‘z tashakkurini bildirdi. Bu kabi uchrashuvlar har ikki hudud rivojiga xizmat qilishini taʼkidladi. Shuningdek, yakunda bir qator kelishuv memorandumlari imzolanib, yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi.
- Ijtimoiy
- 339
- 20.10.2023
Qashqadaryolik yoshlar “Zakovat”da yana tengsiz
Toshkent shahrida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining respublika bosqichi o'tkazilib, unda 42 ta jamoa (294 nafar oʼquvchi) gʼoliblik uchun bellashdi. Yakuniy hisob-kitoblarga ko'ra, his-hayajonlarga boy boʼlgan respublika bosqichida quyidagi jamoalar gʼolib va sovrindor boʼldi: 1-o'rin Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Qashqadaryo viloyati); 2-o'rin Toshkent shahridagi Prezident maktabi;3-o'rin Denov tumanidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati. Mazkur jamoalarning h...
- Ta'lim
- 418
- 16.10.2023
"LUKOIL" malakali mutaxassislarni Rossiyaga ishga olib ketadi
Xabaringiz bor, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Rossiyaning “LUKOIL” kompaniyasi Vitse-prezidentlari Stepan Gurjiy va Anatoliy Moskalenko hamda “LUKOIL” Uzbekistan Operating Company” masʼuliyati cheklangan jamiyati Bosh direktori Timur Gaynanshin bilan uchrashib, neft-gaz sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni Rossiyaning “LUKOIL” kompaniyasida smenali ish bilan taʼminlash masalalari muhokama qilingan edi. Shu maqsadda, “LUKOIL” kompaniyasining bir guruh vakillari Qarshi shahridagi "Ish...
- Ijtimoiy
- 387
- 12.10.2023
Murotjon Azimov Qarshi tumanidagi korxonalarda bo‘ldi
Viloyat hokimi tumandagi “PROMMAX” MCHJ, "TURDI MUAZZAM SERVIS" OK va "NEA TEST" MCHJlarda bo‘lib, ishlab chiqarish turlari, sifati va qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar bilan tanishdi. Infokioska ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan “PROMMAX” MCHJ bir yilda 300 dona mahsulot ishlab chiqarib, bozorga yetkazib bermoqda. "NEA TEST" MCHJ esa bir yilda 600 dona MDF eshiklari ishlab chiqarmoqda. "TURDI MUAZZAM SERVIS" oilaviy korxonasi ham yiliga 1500 dona zamonaviy va xavfsiz isitish pechlarini ishlab chiqarmoqda. Ushbu korxonalarda bugungi...
- Ijtimoiy
- 314
- 11.10.2023