O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6186–sonli farmoniga muvofiq, Qashqadaryo viloyatidagi qishloq joylarida yangi tartib asosida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalar uchun uy-joylar qurish maqsadida viloyat hokimligi 2021-yil 2-noyabrdan qishloq joylarida ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun tadbirkorlik sub’yektlarini tanlash yuzasidan tanlov savdolarini e’lon qiladi.
 
Tanlov takliflarini taqdim etishning oxirgi muddati:
 
E’lon qilingan sanadan 10  kundan so‘ng.
 
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining 2021-yil 26-martdagi 15-06/3331–sonli xatiga asosan muddat qisqartirildi.
 
Ko‘p qavatli uy-joylarni qurishni moliyalashtirish manbasi:
 
Tadbirkorlik sub’yektlarining o‘z mablag‘lari, tijorat banklaridan olingan kreditlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
 
Tanlov ishtirokchilari quyida sanab o‘tiladigan har bir tanlov paketlari uchun muhrlangan tanlov takliflarini taqdim etishlari mumkin.
 
Qashqadaryo viloyati hokimligi tadbirkorlik sub’yektlarini quyida keltirilgan lotlar bo‘yicha ko‘p qavatli uy-joylar qurilishini amalga oshirish uchun muhrlangan tanlov takliflarini taqdim etishga taklif qiladi.
 
Tanlov savdolari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 4-iyunda 355-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida o‘tkaziladi.
 
Tanlov ishtirokchilari qo‘shimcha ma’lumot olish va tanlov hujjatlari bilan tanishish uchun Qashqadaryo viloyati qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markaziga, quyida ko‘rsatilgan manzili bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin:
 
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shaxri I.Karimov ko‘chasi 60A-uy.
Telefon: (75) 223-18-80, 223-19-11;  
Elektron pochta manzil: kash-tender@mail.ru
 
Tanlov hujjatlarining nusxasini olish uchun ishtirokchilar quyidagi tartibda yuqorida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin:
 
“Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani, Yangi Mirishkor massividagi, 43-lot bo‘yicha 1 (bir) ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilishini amalga oshirish uchun tanlov hujjatlarini berishingizni so‘rayman.” shaklida yuqoridagi manzillarga yozma yoki elektron shaklda murojaat qilish lozim.
 
Tanlov hujjatlarini e’lon chop etilgan sanadan boshlab barcha ishtirokchilar olishlari mumkin.
 
Keyinchalik qaytarib berilmaydigan pul to‘lovi tanlov tashkilotchisining – Qashqadaryo viloyati qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazining bank hisob raqamiga o‘tkazilishi lozim. Bir to‘plam tanlov hujjatlari uchun keyinchalik qaytarib berilmaydigan pul to‘lovi miqdori O‘zbekiston Respublikasida belgilangan BHMning bir barobariga teng.
 
Bank hisob raqami rekvizitlari quyida keltirilgan:
 
O‘zSQB Qashqadaryo viloyat mintaqaviy filiali,
x/r: 20210000903823711001,
STIR: 202453632;     
MFO 00854.
 
Tanlov takliflari quyidagi tartibda taqdim etilishi lozim:
 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hududiy konsalting markaziga;
 
Takliflarni takdim etish so‘nggi muddatigacha;
 
Lotlar ro‘yxatida ko‘rsatib o‘tilgan sana va vaqtgacha;
 
Tanlovhujjatlarida ko‘rsatilgan tartibda taklif kafolati sifatida deklarasiya takdim etish;
 
Ko‘p kvartirali uy-joylarni joylashtirishning bosh rejasi, texnik tavsifi va loyiha eskizi;
 
Kvartiraning bir kvadrat metrining (1 m2) realizasiya narxi;
 
Ko‘p kvartirali uy-joyni o‘z mablag‘lari hisobidan qurish uchun yetarli mablag‘ni mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
 
Tanlov takliflarini ochilishi takliflar takdim etishning oxirgi kunida tanlov savdolarida qatnashish istagini bildirgan barcha tashkilotlar ishtirokida quyida keltirilgan manzilda o‘tkaziladi:
 
Qashqadaryo viloyati Qarshi shaxri I.Karimov 60A-uy, Viloyat qurilish bosh boshqarmasi majlislar zalida.
 
Telefon: (75) 223-18-80, 223-19-11, 
Elektron pochta manzil: kash-tender@mail.ru
 
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Qashqadaryo viloyat hokimligiga murojaat qilishlari mumkin.
Telefon: (75) 221-16-20, 221-02-38.
 
Tanlovlarda qatnashish istagini bildirgan tadbirkorlik sub’yektlari quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
 
Xonadon bir kvadrat metrining (1 m2) sotish narxi 4500000 (to‘rt million besh yuz ming) so‘mdan oshmasligi shart.
 
Tanlov savdolarida qatnashish istagini bildirgan tadbirkorlik sub’yektlari quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
 

Uy tiplari

Bir dona uy uchun talab etiladi:

Talab etiladigan yillik o‘rtacha aylanma mablag‘
(so‘m)

So‘ngi 1 yil ichida bajarilgan o‘xshash xajm va xarakterdagi bitta shartnoma summasi
(so‘m)

So‘nggi 1 yilda bajarilgan yer ishlari hajmi
m3

So‘nggi 1 yilda bajarilgan beton ishlari m3

So‘nggi 1 yilda qurib bitirilgan ob’yekt maydoni
m2

Besh qavatli ko‘p kvartirali (2, 3 xonali) uylar

3 250 000 000

2 750 000 000

250

450

800

 

Lotlar ro‘yxati:

 

Lot №

Hudud 

Massiv nomi

Jami xonadonlar

Besh qavatli ko‘p xonadonli
2-3 xonali uylar

Takliflarni topshirishning oxirgi muddati

Uy soni

Xonadon soni

Uy raqami

43-lot

Mirishkor tumani

Yangi Mirishkor

20

1

20

2

2021 yil 12 noyabr,

soat 10:00

Foto galereya